Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish jarayonlarida tabiiy gazdan nordon gazlarni tozalab olishda foydalanilgan dietanolamin eritmasini sovutish uchun mo‘ljallangan havo bilan sovutish qurilmasi (AVO)ning “D” hamda “F” paketlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Havo bilan sovutish qurilmasining “D” hamda “F” paketlaridagi ta’mirlash ishlari majmuaning o‘zida mexanik ta’mirlash sexi mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi.

Shuningdek, issiqlik almashinish effektini me’yorlashtirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida havo bilan sovutish qurilmasining qayta ta’mirlangan paketlari, mexanik ta’mirlash sexi hamda etilen ishlab chiqarish sexi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining barqarorligiga putur yetkazilmagan holda montaj qilindi va gidravlik sinovdan o‘tkazilib ishga tushirildi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, majmuaning malakali mutaxassislari tomonidan havo bilan sovutish qurilmasining birgina "D" paketi bo‘yicha olib borilgan ta’mirlash ishlari orqali qarib 800 mln. so‘m miqdoridagi mablag‘larni tejab qolinishiga erishildi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz