“Davlat tili haqida”gi Qonunga amal qilish masalalarini o‘rganishga mas’ullar belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61- son “Lotin yozuviga asoslangan, o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “O‘zbekneftgaz” AJda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig‘iga asosan, tizimdagi barcha korxonalarda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunning 10-moddasiga muvofiq ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritilmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi 30/1-2308- sonli topshirig‘i, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son “Lotin yozuviga asoslangan, o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligiga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, “O‘zbekneftgaz” AJda nazorati yo‘lga qo‘yildi.

“O‘zbekneftgaz” AJda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishni ta’minlash maqsadida, Boshqaruv raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida Kamoliddin Usmonov faoliyat yuritib kelmoqda.

Boshqaruv raisi tomonidan berilgan topshiriqlarga asosan 2021-yilning II yarim yilligi uchun Ish rejasi tasdiqlandi. Mazkur ish rejaga asosan amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar belgilab olindi va mas’ullar tayinlandi.

Til qoidalarni nazorat qiluvchi mas’ullar “O‘zbekneftgaz” jamiyati obyektlarida bevosita joylarga tashrif buyurgan holda, tashkilot va joy nomlari, atamalar, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e’lonlar, ish qog‘ozlari va turli blanklar davlat tili talablariga mos ravishda joylashtirilganligi holati o‘rganib chiqilmoqda.

Aniqlangan kamchiliklarni joyida, tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Boshqaruv rasining buyrug‘iga asosan, Jamiyatning ijroiya apparati departament va mustaqil bo‘limlari xodimlaridan iborat “Ishchi guruh” tashkil etildi va “Ishchi guruh”ga Jamiyat obyektlarida bevosita joylarga tashrif buyurgan holda, davlat tili talablariga mos ravishda ish yuritilayotgani holatini o‘rganish vazifasi yuklatildi.

Boshqaruv raisining buyrug‘iga asosan, Boshqaruv raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Boshqaruv apparati bilan ishlash departamenti boshlig‘i Kamoliddin Usmonov joriy yilning 30-iyuliga qadar o‘rganish natijalarini umumlashtirib, tahliliy hisobotni Boshqaruv raisiga taqdim etishi belgilandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz