Shurtan gaz kimyo majmuasining faollar zalida "Breyn-ring" intellektual shousining navbatdagi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. 1-o‘yinda: Uyjoydan foydalanish xizmatining "Boriga baraka", Tashqi suv ta'minoti sexining "Okean", Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika sexining "Avtomatika" jamoalari o‘zaro bellashgan bo‘lsa, 2-o‘yinda Buxgalteriya xizmati va tahlili guruhining "Algoritm", Mexanik ta'mirlash sexining "Ustalar", Oqova suvlarni tozalash sexining "Zilol" jamoalari o‘zaro ro‘boro kelishdi.

1-o‘yinda ishtirok etgan jamoalar

Uyjoydan foydalanish xizmatining - "Boriga baraka" jamoasi

Tashqi suv ta'minoti sexining - "Okean" jamoasi

Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika sexining - "Avtomatika" jamoasi 

2-o‘yinda ishtirok etgan jamoalar

Buxgalteriya xizmati va tahlili guruhining - "Algoritm" jamoasi

Mexanik ta'mirlash sexining - "Ustalar" jamoasi

Oqova suvlarni tozalash sexining - "Zilol" jamoasi

3 raunddan davom etgan har ikkala uchrashuvlar yakuniga ko‘ra 1-o‘yinda Tashqi suv ta'minoti sexining "Okean" jamoasi 5 ball bilan navbatdagi bellashuv g‘olibiga aylangan bo‘lsa, 2-o‘yinda Oqova suvlarni tozalash sexining "Zilol" jamoasi 8 ball bilan intellektual shouning mutloq g‘olibiga aylanishdi.

"BREYN RING" intellektual shousining navbatdagi bellashuvi natijalari:

1-o‘yin

2-o‘yin

Qiziqarli bahs munozaralarga boy bo‘lgan har ikkala intellektual bellashuvda, tomoshabinlar bilan ham "o‘yin ichida o‘yin" o‘tkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan intellektual savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan faol ishtirokchilarga "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ ma'muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Qiziqarli bahs va munozaralarga boy ruhda o‘tgan o‘yinlar yakuniga ko‘ra, bellashuvlarning eng yaxshi o‘yinchilari Tashqi suv ta'minoti sexining - "Okean" jamoasi a'zosi Ruhiddinov Jamshid va Oqova suvlarni tozalash sexining - "Zilol" jamoasi a'zosi Hazratqulov Muzaffarlar topildi.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz