​Aziz tibbiyot sohasi fidoyilari!

Hech shubha yo‘qki tibbiyot xodimlari bugungi davr qahramonlaridir.

Bugun soha xodimlarining kasb bayrami hisoblangan "Tibbiyot xodimlari kuni” yurtimizda keng nishonlanmoqda.

Fursatdan foydalanib, hozirda butun dunyo hamjamiyatini murakkab bir holga solayotgan koronavirus pandemiyasi davrida mavjud epidemiologik sharoitda ham bemorlar hayoti uchun tunu-kun kurashayotgan barcha meditsina xodimlarini, ayniqsa, kasalxonalarning “qizil hududlarida” hamda tez yordam tizimida ishlayotgan shifokor va hamshiralarni, shubhasiz, qahramon deyish lozim.

Shunday fidokorona mehnati bilan xalqimizga mustahkam sihat-salomatlik ulashib kelayotgan Siz aziz tibbiyot xodimlarini va sizlar orqali barcha soha fidoiylarini kasb bayramingiz bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz.

Darhaqiqat, shifokor deganda, har birimizning ko‘z o‘ngimizda qalb mehri va kasb mas’uliyati bilan dardlarga darmon bo‘layotgan, sog‘lom avlod dunyoga kelishiga hissasini qo‘shib, mardonavorlik hamda fidoyilik namunalarini ko‘rsatayotgan salomatligimiz posbonlari namoyon bo‘ladi.

Qadrli soha xodimlari!

Sizlarni va sizlar orqali barcha sog‘liqni saqlash fidoyilarini kasb bayramingiz — "Tibbiyot xodimlari kuni” bilan yana bir bor muborakbod etamiz.

Barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, sharafli ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

"Sho‘rtan GKM" MChJ ma’muriyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi

 

 

www.sgcc.uz