Shu kunlarda yurtimiz, respublikamizning barcha axolisi buyuk bayram - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligini nishonlamoqda. Konstitutsiya mustaqil, demokratik va dunyoviy davlat qurish uchun mustahkam poydevor bo'lib, O'zbekiston Respublikasining ko'p millatli aholisining uyg'unligi va barqarorligi uchun asosdir. Konstitutsiya tufayli biz davlatni mustahkamlashga, xalqaro hamjamiyat bilan turli iqtisodiy va siyosiy aloqalarni rivojlantirishga muvaffaq bo'ldik. Konstitutsiya bizni rivojlanishning keyingi bosqichiga olib chiqdi. Konstitutsiya millatimiz ravnaqi yo'lida qabul qilingan barcha qonunlarning asosidir.
Sizlarni yana bir bor Konstitutsiya kuni bilan tabriklaymiz va barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik va muvaffaqiyatlar tilaymiz!