Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari fidoyilari! 

Avvalombor, sizlarni va ushbu sohada uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan barcha soha vakillarini, shuningdek, majmuamizda matbuot sohasida fidokorona mehnat qilib kelayotgan barcha jonkuyarlarni majmuamizning ko'p ming sonli ishchi-xodimlari nomidan 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari hodimlari kuni bilan tabriklaymiz!

Sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz. Yana bir bor bayramingiz muborak bo'lsin!

Hurmat bilan,
 
Sho'rtan gaz kimyo majmuasi rahbariyati va Kasaba uyushma qo'mitasi

 

 

www.sgcc.uz