2016 yil 26 dekabr kuni “Sog‘lom ona va bola yili” dasturida belgilangan vazifalarni bajarilishini ta’minlash maqsadida “Quvnoqlar va zukkolar” shou bellashuvining final bahsi bo‘lib o‘tdi.
Bu galgi shouda majmua ichki suv ta’minoti sexining “VVS”, bug‘, gaz, havo ta’minoti sexining “Energy” hamda oqova suv tozalash sexining “Ekolayt” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Shou bellashuv yakuniy natijalariga ko‘ra ichki suv ta’minoti sexining “VVS” jamoasi 1-o‘ringa, bug‘, gaz, havo ta’minoti sexining “Energy” jamoasi 2-o‘ringa va oqova suv tozalash sexining “Ekolayt” jamoasi esa 3-o‘ringa loyiq deb topilib, g‘olib jamoa va ishtirokchilar tashkiliy qo‘mitaning qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildilar.
Shuningdek, shou-bellashuv davomida majmua SX,SS va MX xizmati muxandisi G.Toshpo‘latovning “Yaxshilarni yaxshi ko‘radi xayot” nomli kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.