Joriy yilning 23 dekabr kuni Qarshi shahridagi Mulla To‘ychi Toshmuhammedov nomli Qashqadaryo viloyat musiqali va dramma teatrida “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJning 15 yillik bayram tadbiri o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tadbirga Qashqadaryo viloyat hokimi Z.Ro‘ziyev, “O‘zbekneftgaz” MXK Boshqaruv raisi o‘rinbosari Q.To‘xtayev, “O‘zneftgazqazibchiqarish” AK Boshqaruv raisi o‘rinbosari A.Karimovlar majmua ishchi-xizmatchilarni mazkur bayram bilan tabriklab, o‘z tilaklarini bildirishdi.
Shuningdek, tadbirda o‘zining ko‘p yillik yuksak kasbiy mahorati, halol mehnati, majmua taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi hamda majmuaning 15 yillik bayrami munosabati bilan faol ishchi-xizmatchilar majmuaning faxriy yorlig‘i va qimmatbaho sovg‘asi bilan taqdirlandilar.