Butun dunyo bolalarining eng sevimli kuni. Salkam bir asrlik tarixga ega bo‘lgan bu bayramni o‘tkazish taklifi ilk bor 1925-yili ayni shu sanada Jenevada bo‘lib o‘tgan Butunjahon konferentsiyasida tug‘ilgan.

1949-yilda bolalar salomatligi va tinchligini birlamchi darajaga ko‘tarish maqsadida Xalqaro ayollar demokratik federatsiyasi o‘z kongressida bolalar uchun alohida kunni belgiladi. Shu munosabat bilan 1950-yilning 1 iyun kunida ilk bor "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" nishonlandi va shundan beri bayramni har yili 1 iyunda o‘tkazish odat tusiga kirdi.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, dunyoning 51 mamlakatida bu sana bolalar kuni sifatida nishonlanadi.

 

 

www.sgcc.uz