Yangiliklar

Kasaba uyushmasining mehnat muhofazasi bo'yicha yo'riqchisi malakasini oshirib qaytdi.

To'raev Ixtiyor Tohirovich joriy yilning 1-5 aprelь kunlari “O'zbekiston kasaba uyushmalari Federaцiyasining O'quv markazi” NTM O'zbekiston neftь-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tizimidagi boshlang'ich tashkilotlarning mehnat muhofazasi komissiyasi raislarining malakasini oshirish bo'yicha o'tkaziladigan o'quv mashg'ulotlarida ishtirok etib 40 soatlik dasturni o'zlashtirib qaytdi.

Batafsil…

Prezident tashabbusi amalda etmoqda davom

Yig'ilishda davlat rahbari aholi, ayniqsa, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish masalasiga to'xtalar ekan, “Har bir rahbar o'zining shaxsiy kutubxonasidan o'zi ta'lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg'a qilsa, bu yaxshi tashabbus bo'lib kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi”, deb ta'kidlagan edi. Ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatlagan holda O'zbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Shuhrat Qurbonov o'zi ta'lim olgan Qashqadaryo viloyat G'uzor tumani 4-o'rta ta'lim maktabiga tashrif buyurdi.

Batafsil…

Ziyo ulashuvchi avlod an’anasi etadi davom.

Xolboy Xonqulov oʻzi tugʻilib oʻsgan Kasbi tumani Qatagʻon qishlogʻida shaxsiy mablagʻi hisobidan “Yoshlar markazi”ni qurib foydalanishga topshirgan. Ushbu yoshlar markazida kutubxona – axborot-resurs markazi, qiroatxona, kompyuter savodxonligi xonasi va boshqa turdagi yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan mashgʻulotlar bilan shugʻullanishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan bino qishloq yoshlari uchun ayni muddao boʻldi.

Batafsil…

O'quv jarayon va ishlab chiqarish integratsiyalashuvi

I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining regional tayyorgarlik bo'limi (RTB) Qashqadaryo viloyatida 2017 yilning oktyabridan buyon faoliyat ko'rsatmoqda. Birgalikdagi loyihaning birinchi yil amalga oshirilishi natijasida viloyatning 43 nafar bitiruvchisi I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali birinchi kurslariga qabul qilindi. RTB ning 2018-2019 yillar uchun tayyorlov bo'limida maqsadli tayyorgarlik ko'rish uchun 217 nafar talaba, maktab o'quvchilari uchun qo'shimcha kurslarda 36 o'quvchilar qabul qilindi.

Batafsil…

Yurtboshimiz tashabbusi keng qanot yoymoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida 2019 yil 19 mart kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targʻib qilish masalalari muhokama qilingan edi.

Batafsil…

“Nuriston” sport majmuasi binolari va jihozlarini ochiq auksion savdosi gʻolibiga topshirildi

Nishon tumani Nuriston shaharchasi hududida joylashgan SHGKM balansida boʻlgan Nuriston shaharchasi uy-joydan foydalanish xizmatining “Nuriston” sport majmuasi (Sport-sogʻlomlashtirish markazi) binolari va jihozlarini ochiq auksion savdosi gʻolibiga topshirildi

Batafsil…

2019-2021 yillar uchun tuziladigan Jamoa shartnomasini tasdiqlash yuzasidan boʻlib oʻtgan konferensiyasi

2019 yil 25 mart kuni “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda 2016-2018 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasini 2018 yilda bajarilishi va 2019-2021 yillar uchun tuziladigan Jamoa shartnomasini tasdiqlash yuzasidan Konferensiya oʻtkazildi.

Batafsil…

Barcha jismoniy va yuridik ishbilarmon va tadbirkor shaxslar diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 avgustdagi 685-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 oktyabrdagi PF 5552-sonli Farmoniga asosan “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ tomonidan ochiq auksion savdolarga chiqarilgan obyektlarni sotib olish uchun taklif etadi.

Batafsil…

Navro’z bayrami munosabati bilan tabrik

Aziz yurtdoshlar va qadrli hamkasblar! Sizlarni ezgulik, nafosat, yasharish, yangilanish, mehr-oqibat ayomi boʻlmish “Navroʻz” umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Batafsil…

Papaya – daromad manbai

Ichki suv taʼminoti sexida barpo etilgan issiqxonada sex boshligʻi Oʻ.Normurodovning tashabbusi va sex ishchisi A.Qayumovning yoʻl-yoʻriqlari asosida papaya daraxti yetishtirilmoqda.

Batafsil…