Yangiliklar

MSK'da Qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilindi

Shu yilning 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya Raisi M. Abdusalomov boshqardi. Majlisda siyosiy partiyalarning vakillari, YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi saylovni kuzatish missiyasi a’zolari, shuningdek ommaviy axborot vositalarining xodimlari ishtirok etdi.

Batafsil…

Mahallaning saylov jarayonidagi ishtiroki

Joriy yil 5-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida «Mahalla» fondi respublika boshqaruvi tomonidan Markaziy saylov komissiyasi, Adliya vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida saylovchilarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha mahallalarda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan respublika seminari o‘tkazildi.

Batafsil…

Fuqarolarning murojaatlari - diqqat markazida

Bizning mamlakatimizda fuqarolar va yuridik shaxslarning vakolatli organlarga murojaat etish bo‘yicha Konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlari amalda ishonchli ta’min etilmoqda. 2014 yil 4 dekabrda kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni fuqarolarning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilish tartibini takomillashtirdi.

Batafsil…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov

Vatanimiz, butun o‘zbek xalqi o‘ta og‘ir judolikka uchradi. Buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov shu yil 2-sentabr kuni og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etdi.

Batafsil…

Samarqand va Buxoro shahriga sayohat

Majmua ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan Respublikamizning qadimiy shaharlari Samarqand va Buxoro shahriga uning go‘zal va betakror inshootlari, madaniy yodgorliklari va boshqa diqqatga sazovor joylari bilan tanishish maqsadida majmua bir guruh mehnat faxriylari uchun 16-17 aprel kunlarida sayohat amalga oshirildi. Sayohat faxriylarda chuqur taassurot o‘yg‘otdi.

Batafsil…

Davlat boshqaruvi akademiyasi bir guruh tinglovchilari majmuada bo‘lishdi

Joriy yilning 20-22 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining bir guruh tinglovchilari majmuada bo‘ldilar.

Batafsil…

8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni

2016 yil 5 mart kuni majmuada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar dasturiga binoan majmua xotin-qizlari uchun “8 mart – Xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan kasaba uyushma qo‘mitasi va majmua Xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorlikda “Ayol borki, olam munavvar” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Batafsil…

Vatanga sadoqat tuyg‘usi

I.Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” nomli kitobini taqdimotiga bag‘ishlangan ishchi va xizmatchilar bilan suhbat-uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil…

G‘oliblik muborak

“Yoshlar markazi”da “Kamolot” YIH tomonidan korxona, tashkilot va muassasalaridagi a’zolari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” shou-bellashuvining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Batafsil…