“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ tomonidan majmuada mehnat faoliyatini olib borayotgan ishchi-xodimlarga qo‘shimcha ravishda qulayliklar yaratish hamda majmuaning ishlab chiqarish texnologik jarayonlarida uzluksiz ish rejimini ta’minlash maqsadida 300 nafar ishchi-xodimlar yashashi uchun barcha sharoitlarga ega, yengil konstruktsiya asosida yana bir yangi “Ishchilar shaharchasi” barpo etilmoqda.

 

Mazkur “Ishchilar shaharchasi”da 5 ta yotoqxona blogi hamda 1 ta umumiy ovqatlanish binosidan tashkil topgan bo‘lib, ishchi-xodimlar uchun barcha qulayliklar yaratilishi hamda ularning dam olish vaqtida kerakli bo‘ladigan jihozlar, maishiy texnikalar, tibbiy va maishiy xizmat ko‘rsatish sharoitlari yaratilishi mo‘ljallangan.

Ma’lumot o‘rnida: Qurilish ishlarida ishlatilayotgan barcha xom ashyo va qurilish materiallari mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalardan olib kelinib foydalanilmoqda. 

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ

 

 

www.sgcc.uz