Xalqaro Mehnat Tashkilotining tashabbusi bilan 2003-yildan boshlab 28-aprel — “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” deb e’lon qilinib, ushbu kunda dunyoning 120 dan ortiq davlatlarida dunyo hamjamiyatining ish joylarida sodir bo‘layotgan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarga chalinishning oldini olish hamda mehnat muhofazasi masalalariga e’tiborni yanada kuchaytirishga qaratilgan qonunlar qabul qilinib, turli mavzularda tadbirlar o‘tkazib kelinadi.

Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining faollar zalida “28-aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan “Inqirozni ko‘ra bilib, tayyorgarlik ko‘rish va unga qarshi kurashish-barqaror xavfsizlik tizimlariga sarmoya kiritish” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda majmuaning barcha sex, xizmat va tarmoqlaridan ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.

Anjuman davomida Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining Sanoat xavfsizligi, sog‘liqni saqlash, mehnat va atrof-muhit muhofazasi boshqarmasi boshlig‘i U.Haydarov so‘zga chiqib korxonada mehnatni muhofaza qilish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish va ishlab chiqarish jarayonlarida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarni oldini olish, xavfsizlik texnikasi choralarini ko‘rish hamda bu borada ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar va boshqa shu kabi masalalarga to‘xtalib o‘tdi va ishchi-xodimlarga Sog‘liqni saqlash va mehnat muhofazasi xizmati xodimlari tomonidan maxsus videorolik namoyish etildi.

Anjuman so‘nggida majmuaning bir guruh ishchi xodimlariga mehnat muhofazasi sohasida qo‘shib kelayotgan munosib hissalari uchun esdalik sovg‘alari topshirildi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz