Mamlakatimiz mustaqilligining 28 yillik bayramini “Jonajon Oʼzbekistonim, mangu boʼl omon!” shiori ostida nishonlashga munosib tayyorgarlik koʼrish, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga alohida daxldorlik hissini shakllantirish, halqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos boʼlgan oʼzaro mehr-muhabbat va hamjihatlikni yanada koʼchaytirish, begʼaraz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, yoshlarimizni yuksak insoniy tuygʼular ruhida vatanparvar va fidoiy etib tarbiyalash barchamizning ezgu maqsadlarimizdan biridir.


Shu sababli majmuaning barcha sex, xizmat va tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar oʼrtasida ekologik madaniyatni rivojlantirish, majmua hududi va unga qarashli obʼektlarda sanitariya holatini yaxshilash maqsadida joriy yilning 20 avgustidan 20 sentyabrigacha “Obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish oyligi” hamda “Eng ekologik toza sex” koʼrigi oʼtkazilmoqda.


“Obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish oyligi” boshlanishi munosabati bilan qilinadigan ishlar yuzasidan bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilib, tevarak-atroflarni tartibga keltirish, obodonlashtirish, ariqlarni tozalash, manzarali va mevali daraxtlarga shakl berish, yer maydonlariga ishlov berish hamda hosil boʼlgan chiqindilarni belgilangan joyga chiqarishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
“Eng ekologik toza sex” koʼrigini oʼtkazish boʼyicha tuzilgan ishchi guruhi aʼzolari obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan sexlarning ish faoliyatini doimiy kuzatib bormoqda.