"SHURTAN GAZ KIMYO MAJMUASI" MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI 2022-2023 O‘QUV YILI UCHUN 5-STIPENDIYА DАSTURINI E'LON QILADI

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Joriy yilning 6-dekabr kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 4-kurs talabalari orasidan iqtidorlilarini tanlab olish imtihonlari oʻtkazilishini ma'lum qiladi.
Stipendiya dasturi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:
–Issiqlik energetikasi
–Elektr energetikasi
–Texnologik mashinalar va jihozlar
–Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish
–Yuqori molekulyar birikmalar
–Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
Stipendiya dasturi gʻoliblariga 2022-2023-oʻquv yili yakuniga qadar stipendiya toʻlab boriladi.
Stipendiya dasturi bir necha bosqichda amalga oshiriladi va har bir bosqich imtihon natijalari Majmuaning rasmiy veb-sayti www.sgcc.uz va @sgcc_uz telegram kanali orqali e'lon qilib boriladi.

 

 

www.sgcc.uz