Mustaqillik yillarida yurtimizda amalga oshirilgan yirik loyihalardan biri bu albatta Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining qurilishidir, 2001 yil qurib bitkazilgan ShGKM yurtimiz rivojlanish salohiyatiga va jahon bozorida tutgan o'rniga munosib hissa qushib kelmoqda.

Asosiy ishlab chiqariladigan mahsulot polietilen granula 2002 yildan 2020 yil 1 yanvarigacha 2 145,9 ming tonna ishlab chiqarilgan.

Polietilenni ishlab chiqarish jarayoni — SCLAIRTECH polimerizasiyaning suyuq faza texnologiyasi yordamida, NOVA Chemicals Shimoliy Amerika kompaniyasi litsenziyasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Ushbu texnologiyaning asosiy afzalligi bu — quvurli va avtoklav turdagi reaktorlarning ketma-ket rejimidan foydalangan holda polietilenning fizik-kimyoviy va reologik ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish imkoniyati hisoblanadi. Bu esa bir ishlab chiqarish liniyasida turli turdagi liniyali polietilen ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Olingan polimer erituvchilardan, katalizatorlar qoldiqlaridan butunlay ajratiladi, mavjud bo‘lgan zararli moddalardan tozalanadi va erigan holda, tarkibida uchuvchi birikmalarning eng kam miqdori bilan asosiy ekstruderga tushadi. Barcha zarur bo‘lgan qo‘shimchalar, ularning yaxshi aralashishi va to‘liq bir turdagi bo‘lishini ta’minlash maqsadida suyuq yoki erigan holda qo‘shiladi. Ushbu texnologiya asosida ishlab chiqarilgan polietilen, oziq-ovqatlar va inson tanasi bilan aloqada bo‘ladigan har qanday salomatlik uchun zararsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida foydalanish mumkin.

 

 

www.sgcc.uz