Istiqlolimiz imkoniyatlari davrimiz yoshlariga hayotning barcha jabhalarida yangidan-yangi ufqlarni ochmokda. Ha, maqsadning - ezguliklarga yoʻnaltirilishi, albatta oʻz samarasini beradi.

Oʻtayotgan “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da yurtimiz yoshlari xam iqtidor va isteʼdodlarini namoyon etib, yangidan-yangi yutuqlapga erishishmoqda. Ular safida “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJning Nazorat oʻlchov asboblari va avtoma­tika sexi chilangari Sherzod Nazarov ham bor. U yoshligidan fizika, matema­tika fanlariga kiziqdi. Fyzop moliya-iktisodiyot kasb-hunar kollejida bilim olish jarayonida kichik qurilma-robotlar yasay boshladi. Biz oddiy kundalik xayotda nokerak deb hisoblaganimiz yaroqsiz xolatga kelib qolgan tele­fon batareykalari, eski radiopriyomniklarning simlari, tunuka mahsulotlaridan samarali foydalana boshladi. Oʻz fantaziyasidan kelib chiqib - yangi qurilmalar tayyorlashni boshladi. Qarabsizki, robot choy damlab, ichki signal asosida mehmonga choy uzatadi. Bu - Sherzodning birinchi innovatsi­on gʻoyasi boʻldi. Keyingi ro­bot - uy bekalariga yordamchi vazifasini oʻtashi koʻzda tutildi. Nogoh, uydan chiqqaningizda xonadondagi elektr asboblarining qay holda ekanligi haqida qoʻl telefoningizga xabar keladi. Sherzod ikkala qurilmasi bilan 2016 yilda ”Lochin“ bolalar oromgohida boʻlib oʻtgan yosh ixtirochilar res­publika koʻrik-tanlovida faxrli oʻrinni egalladi. U Oʻzbekiston telekanalining ”Assalom Oʻzbekiston” koʻrsatuvida oʻz robotlari bilan chiqish qilib kelajakdagi orzulari haqida toʻlib-toshib gapirdi.

111.jpg

Oʻtgan yili Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat boʻlimi tashabbusi bilan oʻtkazilgan koʻrik-tanlovda “Eng yaxshi innovatsion loyixa” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi.

Sherzod doimo izlanishda. Uning yangi qurilmasi neft-gaz sohasiga daxldor, yaʼni turli hajmdagi quvurlarning ichki holatini tekshirib - kompyuter ekraniga maʼlumot beradi.

Albatta, Sherzodning bu ixtirosi samarasi haqida toʻliq xulosani mutaxassislar berishadi, degan umiddamiz. Ahamiyatlisi, Sherzod har bir kichik detaldan - inno­vatsion kashfiyot yaratishga ishonadi.

Davrimiz tezkor. Dunyoga boʻylashayotgan yurtimizning tarakkiyot manzillarida shijoatli, faol, yaratuvchilik ishtiyoqi bilan intilayotgan yosh ixtirochi Sherzod Nazarov kabi yoshlarimiz safi ortaversin.

“Gʻuzor hayoti” gazetasi manbalari asosida.