“O‘zbekneftegaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaev tashabbusi bilan tashkillashtirilgan va 2022-yilning 1-may kuni start berilgan markaziy apparat, boshqarmalar, zavod va jamiyat tizimiga kiruvchi korxonalarning xodimlaridan iborat jamoalar o‘rtasidagi turnir yakunlandi.

Ushbu turnir ikki bosqichda, ya'ni birinchi bosqich hududlarda o‘tkazilib guruhlarda 1-, 2-o‘rinni olgan jamoalar va guruhlardagi yaxshi ko‘rsatkichlarga ega 3-o‘rinni olgan ikki jamoa Pley-off bosqichiga o‘tdi.

Toshkent shahriga 16 ta jamoa kelib o‘zaro o‘yinlarda kuch sinashishdi va 8-jamoa qur'a tashlash orqali tanlab olindi.

O‘zaro keskin kurashlarga boy bo‘lgan uchrashuvlarda “O‘zbekneftgaz” AJning Markaziy apparat xodimlaridan iborat “O‘zbekneftgaz”, Buxoro neftni qayta ishlash zavodining “BNQIZ”, Ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda bartaraf etish bo‘yicha harbiylashtirilgan qismning “O‘zVCh”, Shurtan gaz kimyo majmuasining “SHGKM” jamoalari yarim final bahslariga yetib kelishdi.

Yarim finalda raqiblariga imkoniyatni boy bergan Ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda bartaraf etish bo‘yicha harbiylashtirilgan qismning “O‘zVCh” va Shurtan gaz kimyo majmuasining “SHGKM” jamoalari 3-o‘rin uchun kechgan uchrashuvda ro‘baro kelishdi va keskin kurashlarga boy o‘tgan o‘yinda 2:0 hisobi bilan “SHGKM” g‘alaba qozondi.

Yarim final uchrashuvlarida raqiblarini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lgan “O‘zbekneftgaz” AJning Markaziy apparat xodimlaridan iborat “O‘zbekneftgaz” va Buxoro neftni qayta ishlash zavodining “BNQIZ” jamoalari Finalda bahslashishdi.

Har ikki taymda ham g‘oliblik uchun bahs juda qiziqarli bo‘ldi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodining “BNQIZ” jamoasi jismonan ustunlik namoyish etdi hamda ushbu uchrashuvda 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, “Futbol-2022” turniri g‘olibi bo‘ldi hamda “BNQIZ” jamoasi kubok sohibiga ayandi.

Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi - “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullaev, futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kopadze, “Bunyodkor” futbol klubi Bosh direktori Azizbek Haydarov, O‘zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Kamoliddin Murzoyev, “Bunyodkor” futbol klubi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich va “Bunyodkor” futbol Akademiyasi direktori Islom Ahmedov va bir qator futbol faxriylari hamda yulduzlari ishtirok etishdi.

Dastlab, turli nominatsiyalar g‘oliblari taqdirlanishdi.

Shurtan gaz kimyo majmuasining “SHGKM” jamoasi hujumchisi Anvar Shomurodov “Eng yaxshi hujumchi”, “O‘zbekneftgaz” jamoasi himoyachisi Muhammad Bobur Sharustamov “Eng yaxshi himoyachi”, , “O‘zVCh”dan Ulug‘bek Shomurodov “Eng yaxshi darvozabon”, “BNQIZ”dan Sohib Narzullaev “Eng yaxshi o‘yinchi nominasiyasida g‘olib bo‘lishdi.

Мусобақа ғолиб ва совриндорларига эсдалик совғалари топширилди.

“Ўзбекнефтгаз” АЖ Матбуот хизмати