"O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruvi raisining topshirig‘i bilan ishlab chiqarish obyektlarini uzluksiz va betalafot elektr energiyasi hamda texnologik va yordamchi neft-gaz quvurlari tarmoqlarining samarali ishlashi uchun Elektr kimyoviy himoya (EKH) bilan ta’minlash va ekspluatatsiya qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Korroziya quvur liniyalari uchun katta xavf tug‘dirib, ularning tuzilishini buzishi, xizmat muddatini qisqartirishi, erta razgermetizatsiya va yorilishlarga olib kelishi mumkin. Bu o‘z navbatida quvurlarni saqlash, shuningdek, ishlamay qolgan quvurlarni ta’mirlash va almashtirish bilan bog‘liq xarajatlarning oshishiga olib keladi.

Korroziya quvur liniyasini tashkil etadigan materiallarning tabiiy oksidlanish jarayonlari tufayli yuzaga keladi va bu kimyoviy jarayon materialning tarkibini o‘zgartiradi.

Shu sabab ham "O‘zbekneftgaz" AJ Ishlab chiqarishni texnik rostlash departamentining Bosh energetik bo‘limi mutaxassislari tomonidan jamiyat tasarrufidagi barcha obyektlarda oksidiantlarning ta’sirini zararsizlantirish va korroziyani oldini olish maqsadida quvurlar elektr kimyoviy himoya bilan ta’minlanmoqda.

Neft-gaz quvurlari tarmoqlarining samarali ishlashi uchun to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish tadbirlari kechiktirib bo‘lmas ishlardir. Ushbu tadbirlar quvurlar va texnologik uskunalarni uzoq va talafotsiz ishlatishda samara beradi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz