Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ajdodlarimizning munosib vorislarini izlab topish, mavjud ijtimoiy va iqtisodiy muammolar yechimiga qaratilgan g‘oya sohiblarini kashf etish va ularni rag‘batlantirish maqsadida hukumat qarori bilan 2022 yil boshidan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi tashkil etilgan edi.

Joriy yilning fevral–mart oylarida tanlovning 2023 yilgi mavsumi tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilib unda eng yuqori natijaga erishgan har bir tuman (shahar) dan 5 nafardan nomzod viloyat bosqichga yo‘llanma oldi.

Quvonarlisi ushbu tanlovda "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ markaziy laboratoriyasi yosh xodimlari Akbarali Rasulov (Qamashi tumani), Abdukarim Jalilov (Dehqonobod tumani), Shukrullo Imomovlar (Shaxrisabz tumani) o‘zlarining innovatsion loyihalari bilan ishtirok etib, tuman bosqichida yuqori ball to‘plagan holda viloyat bosqichiga yo‘l oldilar.

Yoshlarimizni Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining ko‘p ming sonli mehnat jamoasi nomidan tabriklaymiz va tanlovning navbatdagi bosqichlarida omad va zafarlar tilaymiz!

Ma’lumot uchun, tanlovning viloyat bosqichi aprel oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilib, ularning har biridan eng yuqori natijaga erishgan 20 nafar yoshlar respublika bosqichiga yo‘llanma oladi;
Respublika bosqichi esa may oyida bo‘lib o‘tadi hamda 100 nafar ishtirokchi yoshlar tanlov g‘olibi deb topiladi.
Respublika bosqichi g‘oliblari Jamg‘arma tomonidan tashkil etiladigan maqsadli o‘quv kurslarida bepul tahsil oladi va bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar hududlar bo‘yicha ishlab chiqarish tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlariga ixtiyoriylik asosida biriktiriladi hamda “Yoshlar akademiyasi” va “Kelajak liderlari klubi”ga jalb etiladi.

«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati
|web-sayt|telegram|YouTube|