“Sho'rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ tasarrufidagi “Lochin” bolalarni dam oldirish oromgohida majmua xodimlarining farzandlarini dam oldirish mavsumining eng qizg'in pallalari davom etmoqda. Har bir oqimning tugashidan boshlab, yangi oqimning boshlanguniga qadar bo'lgan vaqt oralig'ida oromgohda mehnat qilib kelayotgan yetakchilar yangi oqimga yangi bilim, yangi kuch bilan kirishish maqsadida dam olishlari va o'z ustilarida ishlashlari uchun yaratilayotgan imkoniyatdan unumli foydalanmoqdalar.

“Lochin” oromgohi yetakchilari oromgohda dam olib hordiq chiqarayotgan bolajonlarning ota-onalari ishlaydigan majmua faoliyati bilan yaqindan tanishish, Respublika miqyosida ishlab chiqarish salohiyati yuqori bo'lgan majmua xodimlarining ish joylarida bajarayotgan ishlarini o'z ko'zlari bilan ko'rish maqsadida 2019 yil 5 avgust kuni “Sho'rtan gaz kimyo majmuasi” MChJga tashrif buyurdilar.

Yetakchilar majmuaning IChDX, IChB, etilen i/ch sexi, polietilen i/ch sexi, BGHT sexi va ZMLda bo'lib ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatishga muvaffaq bo'ldilar.

Oromgoh yetakchilari majmuaning ishchilar shaharchasida joylashgan majmua tarixi muzeyida bo'lib majmua tarixi bilan yaqindan tanishdilar.

Majmuaga qarashli 2-oshxonada bo'lib o'tgan tushlik barchaga ma'qul keldi.