Joriy yilning 30 noyabr kuni majmuada 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligini keng nishonlash maqsadida tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi asnosida ishchi-xizmatchilar uchun tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Yuridik bo‘lim boshlig‘i A.Xushvaqtovning “O‘zbekiston Konstitutsiyasi – barqaror konstitutsiya” mavzusida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Tadbir davomida “Nasaf Cinema” MCHJ tomonidan taqdim etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaralish tarixi” va yoshlar hayotdan olingan “Nur va soya” hujjatli filmlari namoyish etildi.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad majmuada mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilarning ma’naviy dunyoqarashi, bilim saviyalarini kengaytirish, ona Vatanga bo‘lgan muhabbati va sadoqatini oshirish, milliy iftixor, shukronalik tuyg‘ularini shakllantirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.