Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligi majmuada 2019 yil 27 avgust kuni “Jonajon Oʼzbekistonim, mangu boʼl omon!” shiori ostida keng nishonlandi. Shu kuni “Neft va gaz sanoati xodimlari kuni” kasb bayramining ham bir kunda nishonlanishi bayram shodiyonasiga yanada koʼtarinki kayfiyat ulashdi. Аyniqsa majmua katta majlislar zalining aynan shu kunda foydalanishga topshirilishi barcha xodimlarga kutilmagan sovgʼa boʼldi. Ochilish marosimiga bagʼishlangan tadbir esa bayram tadbirlariga ulanib ketdi.


“Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi” Bosh direktori Sh.Аslanov hamda “Oʼzbekneftgaz” АJ uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash departamenti boshligʼi А.Baxadirov bayram tadbirini kirish soʼzi bilan ochar ekan, barchani qoʼshaloq bayramlar bilan tabriklab, samimiy tilaklarni bildirishdi.
Shundan soʼng Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligi va “Neft va gaz sanoati xodimlari kuni” kasb bayrami munosabati bilan ishlab chiqarishdagi koʼp yillik samarali mehnati, ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi faol ishtiroki bilan yurtimiz ravnaqi va taraqqiyotiga hamda neft-gaz sanoati yuksalishiga salmoqli hissa qoʼshgan majmuaning bir guruh xodimlari “Faxriy yorliq” va qimmatbaho esdalik sovgʼalari bilan taqdirlanishdi.


Majmuaga qarashli “Erkatoy” MTM tarbiyalanuvchilarining chiqishi esa bayramga oʼzgacha fayz bagʼishlagan boʼlsa, Oʼzbekiston Respublikasining “Xalq baxshisi” Qahhor baxshi Raximov, “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining viloyat yoshlari terma jamoasi va “Mulla Toʼychi” nomidagi Qashqadaryo viloyat musiqali dramma teatri vakillarining chiqishlari yigʼilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Shuningdek, bayram tadbirida majmuada 40 yoshdan yuqori xodimlar oʼrtasida oʼtkazilgan mini futbol musobaqasi gʼoliblarini taqdirlash marosimi ham oʼtkazildi.


Bayram tadbiri soʼnggida tadbirga taklif etilgan sanʼatkorlar tomonidan namoyish etilgan musiqiy chiqishlar yigʼilganlarga unutilmas onlarni taqdim etdi.