Mustaqilligimizning o‘ttiz yilligi munosabati davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farmoni imzolandi.

Quvonarlisi, O‘zbekistonning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlanganlar orasida “O‘zbekneftgaz” AJ tassarufidagi boshqarma va korxonalarda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar ham bor.

Qashqadaryo viloyatida joylashgan Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining Gazni oltingugurt birikmasidan tozalash sexi katta kuzatuvchisi Qudratov Abdujalil Xusanovich “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining xomashyo va tayyor mahsulotlar sexi mashinisti Jumaev Nurmat Xasanovich “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Etilen ishlab chiqarish sexi boshlig‘i Murtazaev Otabek Astanaevich “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

Ustyurtgaz gaz qazib chiqarish boshqarmasining “Sharqiy Berdax” uchastkasi ustasi Tadjiddinov Aybek Tadjimuratovich “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

“Uzbekistan GTL” mas’uliyati cheklangan jamiyatining sex muhandis-texnologi Sevarov Bekzod Nasimovich “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

“Ustyurt qidiruv-burg‘ilash boshqarmasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktorining geologiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Ganibaev Ma’murjon Jangabaevich “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ jamoasi ushbu xodimlarni neft va gaz sohasi rivojiga qo‘shayotgan hissasining davlatimiz rahbari tomonidan munosib taqdirlanishi munosabati bilan muborakbod etadi va ularga kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar, sog‘liq, oilasiga tinchlik-totuvlik tilab qoladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz