Bu kun butun dunyoda ISO – Xalqaro standartlash tashkiloti (International Organization for Standardization ) tashabbusi bilan “Xalqaro standartlar kuni” sifatida keng nishonlanadi.

ISO 1946 yil 14 oktyabr kuni Buyuk Britaniyaning London shahrida o‘tkazilgan dunyodagi bir qator standartlash tashkilotlari konferentsiyasi qaroriga binoan tashkil topgan.

Xalqaro sana yagona standartlarning ahamiyatini ta’kidlashga, shuningdek, kasbiga mas’uliyat bilan yondashadigan o‘n minglab bilimli va mahoratli mutaxassislarning xizmatlarini e’tirof etishga chorlaydi.

manba: Huquiy axborot

 

 

www.sgcc.uz