1 iyun - "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"

Ushbu kun tarixini bilasizmi?

1949 yilda Parijda ayollarning Xalqaro demokratik federatsiyasi kongressi bo‘lib o‘tgan. Bu kongressda bolalarning birdamligi va baxt-saodatining kafolati bo‘lgan mustahkam tinchlikni ta’minlash uchun doimiy kurash haqidagi shior yangradi. Urushdan keyingi davrda sayyoramizda yashovchi barcha mitti bolajonlarning sog‘liq va xotirjamligini saqlash dolzarb muammoga aylanib qolgan edi.

Va 1950 yildan e’tiboran 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlana boshlagan.

1989 yilda BMT Bosh Assambleyasi bolalar huquqlari to‘g‘risida Konventsiya qabul qildi. Unda butun dunyo mamlakatlari uchun bolalar huquqlarini himoya qilishni ta’minlashni joriy qilish to‘g‘risida yozilgan.

Ma’lumotlar internet tarmoqlaridan olingan.

 

 

www.sgcc.uz