Energiya tejovchi lampalar

Mahsulot haqida

Kompakt energiya tejovchi lyuminessent lampalar

Kompakt energiya tejovchi lyuminessent lampalar (KLL) – bu zamonaviy va tejamkor yoruglik manbai, masalan, hozirgi kundalik hayotimizda eng koʻp tarqalgan choʻgʻlanma lampalar bilan (CHL) taqqoslaganimizda (yorugʻlik oqimi va isteʼmol qiladigan quvvati oʻrtasidagi nisbatiga) nisbatan sezilarli darajada koʻprok yorugʻlik ishlab chiqarish darajasiga egadir.

Lampalar uy-joylarda, shuningdek ofislarda, jamoat muassasalarda xam qoʻllanilishi mumkin.

Kompakt lyuminessent lampalar Ye27 standart sokollar bilan yetkazib beriladi va 50/60 Gs chastotali 220 – 240 V tarmoqli quvvatga moʻljallangan.

Albatta, har birimiz bilamizki, SO2ning havoga otilish koʻrsatgichini kamaytirish masalasi insoniyatning eng dolzarb masalasi boʻlib turibdi.

Shu yer yuzida yashab kelayotgan har bir inson ushbu muammoni yechilishiga oʻz hissasini qoʻshishi mumkin.

Shu bilan, bitta choʻgʻlanma lampani kompakt energiya tejovchi lyuminessent lampalarga almashtirilishi yoʻli bilan SO2ning havoga otilish koʻrsatgichi kamayishiga eʼtiboringizni tortmokchimiz.

Odatiy choʻgʻlanma lampalar bilan barobar yorugʻlik ishlab chiqish darajasiga ega boʻlish bilan birga energiya tejovchi lampalar 80 % ga kamroq elektr energiyani isteʼmol qiladi. Shu sababdan, choʻgʻlanma lampalarni energiya tejovchi lampalarga almashtirilishi energiya tejalishiga olib keladi. Shu bilan birga, lampaning yaroqlik muddati choʻgʻlanma lampaning yaroqlik muddatiga nisbatan oʻrtacha 8 barobariga koʻproq.

 

Sotib olish tartibi

Ma'lumot kiritilmagan