“Shishatola bilan kuchaytirilgan polipropilen kuvurlarni ishlab chiqarishni tashkil etish”

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.02.2017y.dagi 110-sonli “Oʼzbekiston Respublikasining erkin iqtisodiy zonalarida import oʼrnini qoplaydigan va eksportga moʼljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qaroriga binoan “Polipropilen quvurlar” unitar korxonasi bazasida “Shishatola bilan kuchaytirilgan polipropilen kuvurlarni ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshirildi.

Ushbu yangi korxona taʼsischisi - “Shoʼrtan GKM” MChJ .

Loyixaning asosiy maqsadi ichki va tashqi bozorlarda yuqori qiymatdagi mahsulot ishlab chiqarish hamda aholini bandlikka koʼmaklashishdan iborat.
Ishlab chiqarish jarayonida qoʼllaniladigan texnologik asbob-uskunalar harid qilish maqsadida “Polipropilen quvurlar” UKsi tomonidan “Texnik shart” ishlab chiqildi va tender savdolari oʼtkazildi. Tender savdolari natijasida Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi kompaniyasi tender gʼolibi deb topildi va ushbu kompaniya tomonidan texnologik asbob-uskunalar 2017 yilning 2 choragida yetkazib berildi. Yetkazib berilgan texnologik asbob-uskunalar montaj qilish ishlari amalga oshirildi va 2017 yilning 3 choragida toʼliq ishga tushirildi.

Korxona boʼyicha umumiy maʼlumot:
1. Loyixaning umumiy qiymati – 500 ming АQSh dollari;
2. Yillik ishlab chikarish quvvati – 420 tonna;
3. Korxonaning umumiy yer maydoni – 1.96 Ga;
4. Ishlab chiqarish yer maydoni – 3672 m2
5. Ishlab chiqariladigan mahsulot turlari – diametri 20 mm dan 63 mm gacha boʼlgan PP kuvurlar;
6. Yangi yaratilgan ish oʼrinlari – 12 ta

So‘nggi o‘zgartirish : 07.06.2019