“Plastik mahsulotlar ishlab chiqarish”

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2016y.dagi PQ-2698-sonli “2017-2019 yillarda tayyor maxsulotlar, butlovchi maxsulotlar va materiallarni istiqbolli loyixalarni maxalliylashtirish dasturi toʼgʼrisida”gi qaroriga binoan “Shoʼrtan GKM” MChJ qarashli Karshitermoplast sexida “Plastik mahsulotlar ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshirildi.
Loyixaning asosiy maqsadi importbop va eksportga moʼljallangan maxsulot ishlab chiqarish hamda sexning ishlab chiqarish maxsulot turlarini kengaytirishdan iborat.
Loyihani belgilangan muddatda amalga oshirish, tannarxini tushirish va mavjud ishlab chiqarish dastgoxlaridan unumli foydalanish maqsadida qolip (press-forma) tender savdosi orqali harid qilindi va 2017 yilning 4-choragida montaj qilish ishlari amalga oshirilib, polimer asosidagi yaщik ishlab chiqarish boshlandi.
Korxona boʼyicha umumiy maʼlumot:
1. Loyixaning umumiy qiymati – 25,0 ming. АQSh dollari;
2. Yillik ishlab chiqarish quvvati - 6500 dona maxsulot;
3. Ishlab chiqariladigan mahsulot turlari - plastmassa quti (yashik);

So‘nggi o‘zgartirish : 07.06.2019