Majmua faoliyati haqida

“Shurtan gaz kimyo majmuasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati

  • polietilen;
  • suyultirilgan gaz;
  • yengil kondensat;
  • oltingugurt;
  • tozalangan tabiiy gaz;
  • va boshqa turdagi tayyor polietilen

mahsulotlar ishlab chiqaradi.

Joylashuv manzili –  Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, Sho‘rtan qurgʻoni (O‘zbekistonning janubiy qismi)da qurilgan.

Faoliyat shakli – Mas’uliyati cheklangan jamiyat. “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining “O‘zneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiradi.

 

Shurtan gaz kimyo majmuasi texnologiyasi 150 markadagi yuqori, o‘rta va past bosimli chiziqli polietilen ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

 

Qayta ishlash quvvati yiliga:

  • xom ashyo gazini qayta ishlashi hajmi 
 4,0 mlrd. kubometrgacha;
  • iste’mol uchun tabiiy gaz hajmi
3,5 mlrd. kubometrgacha;
  • polietilen granulasi 
125 ming tonnadan ortiq;
  • suyultirilgan gaz 
110 ming tonnadan ortiq;
  • gaz kondensati
90 ming tonnadan ortiq;
  • oltingugurt granulasi ishlab chiqarish 
1,0 ming tonnadan ortiq.

 


Bundan tashqari, “Qarshitermoplast” sexida

        • polietilen quvurlar;
        • ulovchi qismlar ko‘rinishidagi fitinglar;
        • hajmi 10 litr bo‘lgan kanistrlar;
        • xo‘jalik yashiklari;
        • alyumokompozit panellar;
        • bolalar o‘yinchoqlari;
        • tomchilab sug‘orish tizimi detallari;
        • masterbach bo‘yog‘i;
        • turli o‘lchamdagi polietilen listlar

ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

 

Shurtan gaz kimyo majmuasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan polietilen granulalari eksportga yuborilmoqda hamda respublikamiz ichida mahsulotlarni ishlab chiqarish va ehtiyojga ishlatish maqsadida foydalaniladi.

 

Shurtan gaz kimyo majmuasi mahsulotlarining keng ko‘lamligi hamda ko‘plab maqsadlarga mo‘ljallanganligi O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarining barqaror va samarali rivojlanishini ta’minlaydi. Butunlay yangi turdagi ishlab chiqarishlar va yangi texnologiyalarni joriy qilishda uchun o‘ziga xos katalizator bo‘lib xizmat qiladi. Kichik va o‘rta biznesni faol rivojlantirilishga va respublikada eksport salohiyatini oshirishga imkon beradi.