Neftgaz sohasida yoshlar ittifoqining roli oshmoqda

2018 yilning 15 dekabr kuni I.M.Gubkina nomidagi Rossiya Davlat neft-gaz universitetining Toshkent filialida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining neft-gaz tarmoqlarida tashkil etilgan boshlangʻich tashkilotlari yetakchilari yigʻini (Slyot) oʻtkazildi.

photo_2018-12-21_09.jpg

Oʻtkazilgan yoshlar yigʻini mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat boshqaruvi akademiyasiga istiqbolli xodimlarni tayyorlash va yoshlar muammolarini oʻrganish Instituti xodimlari tomonidan tadbir ishtirokchilari uchun “Yetakchilarning liderlik xususiyatlarini rivojlantirish”, “Mehnat jamoada yoshlar bilan ishlash” kabi mavzularda treninglar olib borishdi.

Tadbir soʻnggida yoshlar yigʻini (Slyot) ishtirokchilari “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari U.X.Sayidov bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Ochiq muloqot mobaynida yoshlar oʻzlarining qiziqtirgan savol va takliflarini “Oʻzbekneftgaz” AJ rahbariyatiga bildirishdi.