Voleybol musobaqasi nihoyasiga yetdi

     Joriy yilning 25-26 iyul  kunlari “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJda har yili o‘tkazib kelinayotgan Bo’lim, sex, xizmat va tarmoqlar ishchi-xizmatchilaridan tashkil topgan havaskor voleybol jamoalari majmua chempionligi uchun Nuriston shaharchasida joylashgan 35-son maktab binosida o’zaro bahs olib bordilar.
     Qizg’in va  munozarali kechgan ushbu musobaqada 1-2 o’rinlar uchun IST sexi va Etilen ishlab chiqarish sexi voleybol jamoalari, 3-4 o’rinlar uchun NUA va A va IChDX voleybol jamoalari bir-biri bilan o’zaro bahs olib borishdi.

     Musobaqa final uyinlari natijasiga ko‘ra IST sexi voleybol jamoasi Etilen ishlab chiqarish jamoasini 2:0 hisobida, va IChDX voleybol jamoasi NUA va A voleybol jamoasini 2-1 hisobida mag’lub etib, voleybol musobaqasi bo’yicha IST sexi voleybol jamoasi 2019 yil majmua chempionligini qo’lga kiritdi.

     1 - o'rin: IST sexi

     2 - o'rin: Etilen ishlab chiqaarish sexi

     3 - o'rin: ICHD xizmati

     Musobaqa yakunida g‘olib bo‘lgan jamoalar turnir tashkilotchilari tomonidan ko’chma kubok birinchi, ikkinchi va uchunchi darajali diplomlar bilan munosib taqdirlandilar.