TARIXNI ESLAB "SHGKM" tarix sahifalaridan (foto) 1-qism

11.11.1996.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig 395-sonli "POLIETILEN SHO`RTAN GAZ-KIMYO MAJMUI QURILISHI TO`G`RISIDA" qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil, 11-noyabrdagi 395-sonli, "POLIETILEN SHO`RTAN GAZ-KIMYO MAJMUI QURILISHI TO`G`RISIDA" gi qaroriga muvofiq majmuaning qurilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Fevral oyida "O‘zbekneftgaz" MXK tomonidan ABB Lummus Global (AQSh), ABB Soimi (Italiya), Mitsui&Co.Ltd, Toyo Engineering, Nisho Iwai Corp (Yaponiya) kompaniyalaridan iborat konsorsium bilan Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining texnologik qismini "Foydalanishga tayyor holgacha" qurilishini amalga oshirish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

26.07.1998.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi" atrofida yashil voha tashkil etish to‘g‘risida”gi 266-sonli qarori chiqdi.

2000-2001 yy.Tailand

Majmua ishchi xodimlarining ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini o`rganish bo`yicha o`quv mashg`ulotlari.

 

 2000-2001 yy.Tailand       

 Majmua ishchi xodimlari Tailand mamlakatida kasbiy malaka oshirishmoqda.      

20.12.2001.

O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov va yuqori darajadagi mexmonlar ishtirokida Majmuaning taqdimot marosimi o`tkazildi.
Majmuaning ramziy kaliti topshirildi va ishga qo`shish ishlari boshlandi.

2002-yil.

30-iyul kuni spetsifikatsiyasiga ko‘ra birinchi polimer etileni olindi.
 
Avgust oyining 15-sanasida UzClear® tovar belgisi ostidagi birinchi o‘zbek polietileni ishlab chiqildi.
 

2004-yil

Sentabr oyida AQShda "Mahsulot sifati uchun" mukofoti bilan taqdirlandi.

Sentabr oyida "Ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati va biznesda ajoyib ko‘rsatkich uchun" Shvetsariyaning Jeneva shahrida medal bilan taqdirlandi.

 

www.sgcc.uz