Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining "Majmua tarixi muzeyi" haqida bilasizmi?

Jahonda 18 may – Xalqaro muzeylar kuni sifatida nishonlanadi va shu jumladan Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi ham o‘zining "Majmua tarixi muzeyi" ga ega

Majmua ma’muriyati va Kasaba uyushma qo‘mitasining 2005 yil 15 martdagi "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshida Majmua tarixi muzeyini tashkil etish to‘g‘risida” 1/25-sonli Qo‘shma qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib Majmua tarixi muzeyining rasmiy ochilish marosimi 2007 yilning 25 aprel kuni bo‘lib o‘tgan.

Loyiha dizayneri Respublika badiiy akademiyasi xodimi Vasiliy Kuzmich Tkachenko.

Muzeyda jamlangan barcha eksponat va jihozlar Majmuaning yaratilish tarixi, ijtimoiy va madaniy hayotida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini yoritib boradi.

Muzeyda ayni paytda 1500 dan ortiq eksponat va suratlar mavjud.

Muzeyning ekspozitsiya zali 7 bo‘limdan iborat:

  • Qashqadaryo viloyati haqida
  • Majmua qurilishi tarixi
  • ShGKMning ochilishi
  • Texnologiya va texnologik jarayonlar
  • Ta’lim, madaniy-maishiy va sport tadbirlari
  • Erishilgan yutuqlar
  • Ijtimoiy yordam va burch

Shuningdek, muzeydan "Hurmat taxtasi" va martabali mehmonlar uchun "taklif va mulohazalar kitobi"ga o‘z taassurotlarini yoritib, suhbatlashish uchun mo‘jazgina "Kumush xona" o‘rin olgan.

"Majmua tarixi muzeyi" Sho‘rtan qo‘rg‘oni, ShGKM Ishchilar shaharchasi hududida joylashgan.

 

 

www.sgcc.uz