SHGKMdagi muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik qurilmalari qish mavsumiga tayyorlanmoqda

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev topshirig‘i bilan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalar va qayta ishlash korxonalarining 2021–2022 yillar kuzgi-qishki mavsumda asosiy muhandislik kommunikatsiyalari, texnologik asbob-uskunalari barqaror ishlashga tayyorlash hamda uglevodorodlarni qazib chiqarish, qayta ishlash qurilmalarda amalga oshiriladigan rejali ta’mirlash ishlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish maqsadida bir qator chora-tadbirlar belgilab olingan.

Xususan, Shurtan gaz kimyo majmuasida bugungi kunga qadar 3 ta texnologik qurilmalar mukammal ta’mirlandi. 1 ta qozonxona, 4 ta qozon, 1 ta sig‘im ta’mirlanib, 11 ta sig‘imda tozalash ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari, 5000 metr elektr tarmoqlari, 16 ta transformator podstantsiya, 2 ta dizel elektr stantsiyasi, 4 ta uzluksiz elektr ta’minoti (UPS), 6 ta zaxirani avtomatik ulash qurilmalari, 400 metr issiqlik tarmoqlari ham qayta tar’mirlandi. 300 metr isssiqlik tarmoqlarini izolyatsiya qilindi va 55 metr suv tarmoqlari joriy va mukammal ta’mirdan chiqarildi.

Shuningdek, joriy yilning may oyida Majmuaning asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik qurilmalarida to‘liq ta’mirlash ishlari amalga oshirilib ishga tushirilgan edi.

Qurilmalarning sifatli ta’mirlanishi natijasida kuz-qish mavsumida to‘xtovsiz, barqaror, ishonchli ishlashini va belgilangan reja ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlashga erishiladi.

Ayni paytda majmua va tegishli departamentlar mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan qurilmlarda barqaror ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini bajarilishini ta’minlash uchun rejali ta’mirlash ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirilib kelinmoqda.

 

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz