"SHGKM"da yuqori zichlikli polietilen ishlab chiqarish

Polimerlar klassifikatsiyasi

  • Takrorlanib keluvchi monomer bo‘g‘inlardan tashkil topgan makromalikulalarga polimerlar deyiladi.
  • Polimerlar tabiatda uchrashiga qarab Tabiiy,Sun'iy va Sintetik polimerlarga ajratiladi.
  • Kimyoviy tarkibi va asosiy zanjir tuzilishiga qarab Organik-element organik, element noorganik polimerlarga ajratliadi.
  • Asosiy zanjiri bir xil atomlardan tarkib topgan polimerlar- Gomazanjirli, turli atomlardan tarkib topganlari esa- Geterogen deb nomlanadi.
  • KARBO, Geterozanjirli polimerlar nomi kimyoviy sinflar va monomerlar nomi asosida hosil bo‘ladi. Faqat “POLI” degan old qo‘shimcha qo‘yiladi. Masalan: To‘yinmagan uglivodorodlar-olifenlar (ETILEN, PROPILEN, BUTEN-1 va hokazolar) deb nomlanadi, aniq nomlari esa POLIETILEN, POLIPROPILEN, POLIBUTEN-1 va hokazo.

Polietilen

Etilenni polimerlanish jarayonini ilk bor A. M. BUTLEROV o‘rgangan. 1884 yil Rossiyada G. G. GUSTAVSON tomonidan etilenning molikulalari polimeri sintez qilingan, lekin ko‘p yillar davomida faqat quyuq qovushqoq suyuqlik ko‘rinishidagi quyi polimer(<500) olish imkoni bo‘lgan va i sintetik moylovchi sifatida ishlatilgan.

O‘tgan asrning 30-yillarida laboratoriya sharoitida Buyuk Britaniya va Rossiyada 50 MPA bosim va taxminan 180°C temperaturada qattiq agregat holatidagi yuqori molekulali polietilen olishga erishildi. Sanoat miqyosida yuqori molikulali polietilin ishlab chiqarish 1937 yilda Buyuk Britaniyada amalga oshirildi.

1952 yili SIGLER tomonidan trietilalyuminiy va titan tetraxloridli katalizatorlar ixtiro qilindi Ushbu katalizator nisbatan past bosimda etilenni polimerlab,yuqori molikulyar massali qattiq mahsulot olish imkonini berdi.

Bir necha yildan so‘ng, “PHILIPS” (AQCh) alyumosilikatga joylangan o‘zgaruvchan valentli metall oksid (xrom oksid)lari asosida o‘rta bosimda etilenni polimerlash uchun yangi katalizator yaratdi. Etilenni polimerlash inert uglevodorod (PENTAN, GEKSAN, OKTAN va boshqa)lar muhitida 3, 5-7 MPa bosimda o‘tkaziladi.

Yuqori zichlikli polietilin ishlab chiqarish

Yuqori zichlikdagi polietilen ishlab chiqarish tsexi MarTECh texnologiyasi asosida ENTER ENGINEERING PTE. LTD tomonidan qurilayotgan bo‘lib, muhandislik loyihalari HYUNDAI ENGINEERING CO. LTD tomonidan amalga oshirilmoqda.

Yuqori zichlikli polietilen 2021 yil 4-chorakda ishlab chiqarish nazarda tutilgan.

HIGH DENSITY POLYETHYLENE tsexi 7 xil turdagi polietilin granulalari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

Nafaqat ichki bozorni sifatli xom ashyo bilan ta'minlash, shuningdek dunyoning bir qancha davlatlariga eskport qilish ko‘zda tutilgan va O‘zbekiston respublikasi iqtisodiyotiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shish maqsad qilingan.

MarTECh Texnologiyasida Bimodal polimerlarnning molekulyar massa taqsimoti

- Qolipga oson quyilish

- Yuqori mustahkamlik va yorilishga bardoshlilik

- Atrof-muhit ta’siriga barqarorlik

Polimerlar destruktsiyasi

Makromalikula asosiy zanjirning buzilishi polimer destruksiyasini bildiradi. Destruksiya quyidagi: Issiqlik, yorug‘lik, kislorod, mexanik kuchlanishlar va boshqa omillar ta'sirida sodir bo‘ladi. Destruktsiya oqibatida polimerning molikulyar massasi kamayadi, fizik-mexanik xossalari pasayadi. Destruktsiyalar termik, fotokimyoviy, radeatsion, mexanik va kimyoviy bo‘lishi mumkin.

Polimerlar va undan yasalgan buyumlarning vaqt o‘tishi bilan xossalarning o‘zgarishiga eskirish deyiladi. Polimerlar eskirishining asosiy sababi –uning malikulalarining oksidlanishidir. Agar temperatura yuqori bo‘lsa, masalan: Polimerlarni qayta ishlash davrida eskirish jarayoni juda tez bo‘ladi. Ushbu jarayon yorug‘lik nuri ta'sirida tezlashadi.

 

 

www.sgcc.uz