«Lochin» BDOning 45 yilligi yubileyi tadbiri oʼtkazildi

     2019 yil 27 iyul kuni “Lochin” oromgohi ishga tushganligining 45 yillik yubileyini nishonlash tadbiri hamda 2019 yozgi bolalarni dam oldirish mavsumining 4 oqimini  ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

     Ushbu tadbirda “O‘zbekneftgaz” AJ boshqarma boshlig‘i A.Baxadirov, Qashqadaryo viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashining raisi E.Rajabov, respublika va hududiy OAV vakillari hamda 100 nafardan ortiq mehmonlar – viloyat hududida joylashgan oromgohlar rahbarlari, “Lochin” BDOda ishlab pensiyaga chiqqan faxriylar tashrif buyurdilar.

     Tabrik uchun so‘z olgan Qashqadaryo viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashining raisi E.Rajabov oromgohda amalga oshirilayotgan ishlar, oromgohni yillar davomida Respublikada eng namunali oromgoh sifatida tan olinib kelishiga sabab jamoaning ahilligi, bilimliligi, jips holda tartibli ish rejimiga rioya qilinishi, innovatsion g‘oyalar doimiy muvaffaqiyatlar garovi bo‘lib kelayotgaligini e’tirof etdi. Oromgohning bundan keyingi faoliyatiga zafarlar tiladi.

     Shuningdek tabrik uchun soʼz olgan “Oʼzbekneftgaz” АJ boshqarma boshligʼi А.Baxadirov oromgoh jamoasini ushbu yubiley sanasi bilan tabriklab, oromgohda rahbar vazifasida ishlab hozirgi kunda vafot etgan faxriylarning oila aʼzolari hamda oromgohda uzoq yillardan buyon namunali mehnat faoliyati olib borayotgan xodimlarga qimmatbaho esdalik sovgʼalarini topshirdilar.

     Tadbir mobaynida oromgohda dam olayotgan bolajonlar tomonidan turli xil badiiy chiqishlar tadbirni yanada qiziqarli va koʼrkam oʼtishiga hissa qoʼshdi.