20 may — Butunjahon metrologiya kuni

Inson aql-idrok zakovat bilan o‘rganayotgan, shakllantirayotgan hamda rivojlantirgan qaysi fanni, uning yunalishini olmaylik, albatta o‘lchashlarga, ularning turli usullariga, o‘zaro bog‘lanishlariga to‘g‘ri kelamiz. Bunda o‘lchash usullari va vositalari yordamida ularning birligini ta’minlash hamda talab etilgan aniqlikka erishish Metrologiya va uning amallari orqaligina bajarilishi mumkin.

Shu sababdan hozirgi har bir fan, ilmiy yunalish, ishlab chiqarish soxalari, u hoh tabiiy, ijtimoiy bo‘lmasin albatta u yoki bu darajada metrologiya standartlashtirish amallariga, hamda sifatni ta’minlash masalalariga bog‘liqdir. Shu sababdan metrologiya asoslarini bilish, uni tushunish amalda qullay bilish nafaqat texnik-xodimlar, balki turli soxa yunalishlaridagi mutaxassislar va hodimlar uchun xam ertangi kunning, fan va texnikaning kelgusi ravnaqini ta’minlashda muxim mezonlardan biri bo‘lib xisoblanadi.

Misol tariqasida shuni aytish lozimki, Bugun dunyoda muammo keltirgan COVID-19 Koronavirus kasalligini yurtimizda tarqalishini oldini olish borasida hukumat tomonidan samarali choralar ko‘rilmoqda va ulardan biri infraqizil tibbiyot termometrlaridan foydalanish bo‘lib, bu birinchi chora ko‘rish omili xisoblanadi.

Inson tanasidagi haroratni tezkor tekshirish infraqizil tibbiyot termometri orqali amalga oshiriladi. Bu termometr orqali qisqa vaqt davomida bir nechta insonlarni ketma-ketlikda tana haroratini o‘lchash mumkin. Ma’lumki, mazkur tibbiyot termometrlari to‘g‘ri ishlayotganini ishonch hosil qilish uchun ularni metrologik tekshiruvdan o‘tkazilib turiladi. Bu tekshiruv esa o‘z navbatida maxsus namunaviy o‘lchash vositalari yordamida va malakali metrologiya mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.

Har yili 20 may Xalqaro metrologiya kuni butun dunyoda nishonlanadi. Ushbu kun, 1875 yil 20 mayda Parijda xalqaro diplomatik konferentsiyada "Metrik konventsiyalar" imzolangan va uning asosida hukumatlararo "Xalqaro o‘lchamlar va torozlar tashkiloti" yaratilganligi sharafiga tanlab olingan.

Byuro har yili Qonunlashtiruvchi metrologiya xalqaro tashkiloti bilan birgalikda bir mavzu – bir shior belgilab ish yuritadi. O‘tgan yili “Xalqaro o‘lchovlar tizimi birligi – fundamental yaxshiroq” mavzusida byuro tomonidan metrik konventsiyaga a’zo davlatlar bilan o‘zaro hamkorlikni davom ettirdi. O‘lchashlar ilmi, yanada kengayayotgan metrologiya fandagi yutuq va yangiliklar, ishlab chiqarish, xalqaro savdo munosabatlari, tabiatni muhofaza qilish va hayot farovonligini oshirishda asosiy rolni egallaydi.

2020 yildagi mavzu: “Butunjahon savdolari uchun o‘lchashlar” etib qabul qilindi. Mavzu yirik savdolarni amalga oshirishni ta’minlash davomida mahsulotlarni standartlar va qoidalarga mosligi shuningdek, iste’molchilarni mahsulot sifatiga bo‘lgan talabini qoniqtirish maqsadida belgilandi.

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” Metrologiya xizmati malakali hodimlari xozirgi kunda majmuada mavjud o‘lchash asboblarini o‘z akkreditatsiya doirasida qiyoslov ishlarini o‘z vaqtida vijdonan amalga oshirib kelmoqda. Bu esa majmuani ishlab chiqarish jarayonida hamda mahsulot va xizmatlarni sifatini, ishonchliligini va xavfsizligini kafolatlaydi.

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” Metrologiya xizmati jamoasi Respublikamizning turli sohalarida faoliyat yuritib kelayotgan barcha hamkasblarini 20 may Butunjahon metrologiya kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etadi.

 

Maqola muallifi: Metrologiya xizmati muxandisi Tilovov Elyor Urol o‘g‘li.

 

 

www.sgcc.uz