Majmua yangiliklari03.04.2019 16:44
Ziyo ulashuvchi avlod an’anasi etadi davom.

Xolboy Xonqulov oʻzi tugʻilib oʻsgan Kasbi tumani Qatagʻon qishlogʻida shaxsiy mablagʻi hisobidan “Yoshlar markazi”ni qurib foydalanishga topshirgan. Ushbu yoshlar markazida kutubxona – axborot-resurs markazi, qiroatxona, kompyuter savodxonligi xonasi va boshqa turdagi yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan mashgʻulotlar bilan shugʻullanishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan bino qishloq yoshlari uchun ayni muddao boʻldi.

Majmua yangiliklari02.04.2019 16:14
O'quv jarayon va ishlab chiqarish integratsiyalashuvi

I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining regional tayyorgarlik bo'limi (RTB) Qashqadaryo viloyatida 2017 yilning oktyabridan buyon faoliyat ko'rsatmoqda. Birgalikdagi loyihaning birinchi yil amalga oshirilishi natijasida viloyatning 43 nafar bitiruvchisi I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali birinchi kurslariga qabul qilindi. RTB ning 2018-2019 yillar uchun tayyorlov bo'limida maqsadli tayyorgarlik ko'rish uchun 217 nafar talaba, maktab o'quvchilari uchun qo'shimcha kurslarda 36 o'quvchilar qabul qilindi.

Majmua yangiliklari29.03.2019 14:06
Yurtboshimiz tashabbusi keng qanot yoymoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida 2019 yil 19 mart kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targʻib qilish masalalari muhokama qilingan edi.

Majmua yangiliklari27.03.2019 11:56
“Nuriston” sport majmuasi binolari va jihozlarini ochiq auksion savdosi gʻolibiga topshirildi

Nishon tumani Nuriston shaharchasi hududida joylashgan SHGKM balansida boʻlgan Nuriston shaharchasi uy-joydan foydalanish xizmatining “Nuriston” sport majmuasi (Sport-sogʻlomlashtirish markazi) binolari va jihozlarini ochiq auksion savdosi gʻolibiga topshirildi

Majmua yangiliklari27.03.2019 11:06
2019-2021 yillar uchun tuziladigan Jamoa shartnomasini tasdiqlash yuzasidan boʻlib oʻtgan konferensiyasi

2019 yil 25 mart kuni “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda 2016-2018 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasini 2018 yilda bajarilishi va 2019-2021 yillar uchun tuziladigan Jamoa shartnomasini tasdiqlash yuzasidan Konferensiya oʻtkazildi.

Majmua yangiliklari25.03.2019 13:04
Barcha jismoniy va yuridik ishbilarmon va tadbirkor shaxslar diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 avgustdagi 685-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 oktyabrdagi PF 5552-sonli Farmoniga asosan “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ tomonidan ochiq auksion savdolarga chiqarilgan obyektlarni sotib olish uchun taklif etadi.

Majmua yangiliklari19.03.2019 15:56
Navro’z bayrami munosabati bilan tabrik

Aziz yurtdoshlar va qadrli hamkasblar! Sizlarni ezgulik, nafosat, yasharish, yangilanish, mehr-oqibat ayomi boʻlmish “Navroʻz” umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Majmua yangiliklari19.03.2019 15:26
Papaya – daromad manbai

Ichki suv taʼminoti sexida barpo etilgan issiqxonada sex boshligʻi Oʻ.Normurodovning tashabbusi va sex ishchisi A.Qayumovning yoʻl-yoʻriqlari asosida papaya daraxti yetishtirilmoqda.

Majmua yangiliklari15.03.2019 14:02
Xorijiy hamkorlarning tashrifi

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi B.Sidikov tomonidan 2019 yil 11 martda tasdiqlangan dasturga binoan joriy yilning 12-13 mart kunlari TOO “Kazakhstan Petrochemical Industries Inc” kompaniyasi mutaxassislarining majmuaga tashrifi boʻlib oʻtdi.

Majmua yangiliklari07.03.2019 15:40
Aziz ayollar!

“Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ jamoasi nomidan Sizlarni ezgulik, nafosat, yasharish, yangilanish faslining ilk bayrami 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin koʻngildan tabriklaymiz. Barchangizga ushbu qutlugʻ ayyomda oilangizga toʻkin-sochinlik, qut-baraka va osoyishtalik baxsh etishini tilab qolamiz!

Ishonch telefoni
(+998) 75-552-4254
Sotish va marketing
(+998) 75-552-4188
Devonxona
(+998) 75-552-4158