Loyiha-smeta ishlari bo'yicha 1-toifali muhandis (muhandis-ekspert)
Lavozim nomi Loyiha-smeta ishlari bo'yicha 1-toifali muhandis (muhandis-ekspert)
Bo‘lim/bo‘linma Kapital qurilish xizmati, Nazorat o'lchov guruhi
Oylik maosh 793,337 - 1,032,234 so'm
Ma’lumoti Bakalavr/Magistr
Mutaxassisligi
Zarur ish tajribasi Tegishli sohada 5 yildan kam bo'lmasligi kerak
Bandlik To'liq
Jinsi Erkak
Yoshi 25-40 yosh
Majburiyatlari
  • Qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun obyektlarni qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlar toʻplami mavjudligini taʼminlaydi.
  • Loyiha tashkilotlari bilan birgalikda obyektlarni loyihalashga titul roʻyxatlar ishlab chiqadi.
  • Obyektlarni loyihalash uchun dastlabki maʼlumotlar tayyorlaydi, loyihalashga topshiriqlar tayyorlaydi va ularni loyiha tashkilotlariga taqdim etadi.
  • Joriy loyihalash uchun mehnati boʻyicha limitlar taqsimlanishini tayyorlaydi.
  • Loyiha tashkilotlaridan loyihalash hujjatlarini qabul qiladi va hujjatlarni pudratchi qurilish tashkilotlari bilan birgalikda koʻrib chiqadi.
  • Loyiha tashkilotlari tuzgan smeta hujjatlari toʻgʻriligini, ular amaldagi meʼyoriy hujjatlarga mosligini tekshiradi.
  • Yangi meʼyorlar, baholar, preyskurant, katalog, yagona narx qoʻyish toʻplamlari kiritilishi bilan kelib chiqqan zarur oʻzgarishlarni loyiha-smeta hujjatlariga oʻz vaqtida kiritadi.
  • Loyiha-smeta hujjatlarini loyiha tashkiloti bilan kelishuvga tayyorlaydi.
  • Pudratchidan loyiha-smeta boʻyicha xulosa olishni taʼminlaydi, ekspertiza va pudratchi mulohazalari boʻyicha uni toʻgʻrilanishini nazorat qiladi va tasdiqlashga tayyorlaydi.
  • Loyiha-smeta hujjatini tasdiqlangandan soʻng qurilish tashkilotining tegishli boʻlimlarga yuboradi.
  • Qurilish tugallangan obyektlarning loyihalash sarf-xarajatlarni buxgalteriyaga taqdim etadi.
  • Loyiha-tadqiqot ishlar rejasini bajarilishi toʻgʻrisida har oylik hisobot tuzadi.
  • Loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha zarur maʼlumotlar tayyorlaydi.
  • Ular arxivda saqlanishini taʼminlaydi.
  • Belgilangan shakldagi hisobotni tayyorlaydi.
Talablar
  1. Tegishli sohada oliy maʼlumot.
  2. Tegishli sohadagi ish tajribasi 5 yildan kam boʻlmasligi kerak.
  3. Rus va ingliz tillarini bilish.
  4. Kompyuter va orgtexnika jihozlaridan foydalanishni bilish.
  5. Tibbiy koʻrikdan oʻtish.
Tavsif