"SHGKM"da COVID-19 infektsiyasi tarqalishini oldini olish uchun zarur choralar ko‘rildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 3 martdagi 14/1-234-sonli topshirig‘i, 2020 yil 23 martdagi 176 sonli “Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risidagi” qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son Farmoni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida COVID-19 koronavirus epidemiyasining aniqlanganligi sababli 2020 yil 15 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri tomonidan ushbu kasallikning mamlakatimiz hududida tarqalishining oldini olish bo‘yicha o‘tkazilgan brifingda berilgan topshiriqlar va “O‘zbekneftgaz” AJning 2020 yil 92-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida COVID-19 koronavirus pandemiyasini kirib kelishini oldini olish xamda profilaktik tadbirlarini yanada kuchaytirish maqsadida quyidagi ishlar olib borildi:

- Shtab tuzilib uning tarkibi tasdiqlandi va tarkibga kiritilgan rahbar-xodimlardan iborat kunu-tun navbatchilik tashkil etildi. Majmuaga qarashli poliklinikaning 21 nafar malakali tibbiyot xodimlari tomonidan kunu-tun ishchi-xodimlarning salomatligi nazorat qilinmoqda. Hududdagi barcha ishlab chiqarishga jalb qilingan ishchi-xodimlar zarur tibbiy ximoya vositalari (tibbiy niqoblar, antiseptik vositalar, tibbiy qo‘lqoplar) bilan doimiy ravishda ta’minlanib kelinmoqda. 
Majmua hududiga kirishdan oldin ishchi-xodimlarning tana-harorati masofadan turib maxsus o‘lchash apparati (teplovizor) yordamida majmua poliklinika tibbiyot xodimlari tomonidan nazoratdan o‘tkazilib va antiseptik vositalar bilan qo‘l qismiga ishlov berilgandan so‘ng kiritilmoqda. Shuningdek ishlab chiqarish zaruriyati sababli hududga kirishda yuk avtotransport vositalari va temir yo‘l vagon va tsisternalari ham dezinfetsiyalanmoqda. Tumanlararo Avtotransport vositalarning xarakatlanishida cheklovlar o‘rnatilganligi sababli ishlab chiqarishga jalb qilingan ishchi-xodimlar, ishchilar shaharchasidagi yotoqxonalarga joylashtirilib to‘liq vaxta rejimiga o‘tkazildi. Shunda jami 3769 nafar ishchi xodimlardan 957 nafari ishlab chiqarishga jalb qilindi hamda qolgan ishchi-xodimlar o‘rnatilgan tartibda mexnat ta’tiliga va masofadan turib ish rejimiga o‘tkazildi. Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida COVID-19 koronavirus pandemiyasini tarqalishini oldini olish xamda profilaktik tadbirlarini yanada kuchaytirish maqsadida zarur choralarni ko‘rishda davom etadi.

 

 

www.sgcc.uz