“Sho‘rtan NGQChB"ning 40 yillik yubileyiga bagishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tmoqda

Ayni damlarda 1980 yilda tashkil etilgan “O‘zbekneftegaz” AJ tarkibiy bo‘linmasi bo‘lgan Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining tashkil etilganligining 40 yillik yubileyiga bagishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tmoqda. Shu bilan birga bugun Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining Bosh inshootlarida "Propan-butan aralashmasi olish qurilmasi 3/1,2,5-navbatlarini modernizatsiya qilish investitsiya loyihasining asosida modernizatsiya qilingan yirik qurilma tantali ishga tushurish marosimi xam bo‘lib o‘tmoqda. “Sho‘rtan” NGQChB da salmoqli xizmat qilgan fidoiy xodimlari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbirda Energetika vazirligi, “O‘zbekneftegaz” AJ va maxalliy xokimiyat vakillari ishtirok etishmoqda.

manba: energetika vazirligi matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz