15.03.2019 Majmua yangiliklari

Xorijiy hamkorlarning tashrifi

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi B.Sidikov tomonidan 2019 yil 11 martda tasdiqlangan dasturga binoan joriy yilning 12-13 mart kunlari TOO “Kazakhstan Petrochemical Industries Inc” kompaniyasi mutaxassislarining majmuaga tashrifi boʻlib oʻtdi.

07.03.2019 Majmua yangiliklari

Aziz ayollar!

“Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ jamoasi nomidan Sizlarni ezgulik, nafosat, yasharish, yangilanish faslining ilk bayrami 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin koʻngildan tabriklaymiz. Barchangizga ushbu qutlugʻ ayyomda oilangizga toʻkin-sochinlik, qut-baraka va osoyishtalik baxsh etishini tilab qolamiz!

06.03.2019 Majmua yangiliklari

Maroqli sayoxat

Tong mahali joʻnagan avtobuslar Qarshi shahrini keng koʻchalaridan Toshkentga qarab yoʻl oldi. Avtobuslarda katta xarflar bilan Marakand ekspress yozuvi ostida “Oʻzbekiston boʻylab sayoxat qil” chakirigʻibizni ruhlantirdi.Yangi xizmatga shay avtobuslar komfort sharoitda jihozlangan boʻlib, biz xotin-qizlar uning birinchi yoʻlovchilari boʻldik.

26.02.2019 Majmua yangiliklari

Harbiylar va yoshlar uchrashuvi

Mamlakatimiz yoshlarini harbiy-vatanparvarlik tuygʻusida tarbiyalash, ularni xalqimiz kelajagida dahldorlik hissida voyaga yetkazish, yurtimizning harbiy salohiyati va Vatan himoyachilarining jangovar shayligi bilan yoshlarni tanishtirish maqsadida joriy yilning 22 fevral kuni majmua yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli polkovnik Abdulla Adhamovich komandirlik qilayotgan harbiy qismda majmua yoshlari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

15.02.2019 Majmua yangiliklari

“Jamiyatda yashash sanʼati” loyihasi davom etmoqda

“Shurtan” GKM xotin-qizlar qoʻmitasi boshlagan“Jamiyatda yashash sanʼati” loyihasi davom etmoqda. 2019 yil 12 fevral kuni majmua seh, boʻlim ish yurituvchilari bilan alohida hamda ishchilar shaharchasi maishiy xizmat koʻrsatish xodimalari ishtirokida keyingi trening-davra suxbati oʻtkazildi. Trening davomida ishtirokchilar “Toʻgʻri yashash nima?” savoli atrofida munozara olib borib, inson yashaganda xam yaxshi yashash uchun muhim boʻlgan xususiyat va jihatlar haqida maʼlumotlar olishdi.

Ishonch telefoni
(+998) 75-552-4254
Sotish va marketing
(+998) 75-552-4188
Devonxona
(+998) 75-552-4158